Hukumatning joriy yil 22-sentabrdagi 54-sonli yig‘ilish bayonida belgilangan topshiriqlarga muvofiq, 2–8 oktabr kunlari yurtimizda “Keksalarga hurmat – yoshlarga ibrat” shiori ostida Keksalar haftaligi o‘tkazilmoqda.
Mazkur haftalik doirasida Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli ko‘rsatma xati ijrosini ta’minlash maqsadida Mirishkor tumani tibbiyot birlashmasi hamda “Nuroniy” jamg‘armasi tumandagi bo‘limi hamkorligida markaziy poliklinikada yoshi ulug‘ nuroniylar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Tadbir davomida faxriylar terapevt, kardiolog, oftalmolog, endokrinolog va boshqa mutaxassis shifokorlar ko‘rigidan o‘tishdi. Ularning qon bosimi, yurak urishi, qon tarkibi kabi muhim ko‘rsatkichlari tibbiy nazoratdan o‘tkazildi, zarur tavsiyalar berildi.

