Yangiliklar

ijtimoiy tarmoqda Mirishkor tumani Jeynov shaharchasida joylashgan Jeynov shifoxonasida yaratilgan tibbiy va maishiy sharoitlarga e`tiroz bildirilgani yuzasidan quyidagilar ma`lum qilinadi.

Mazkur murojaat Qashqadaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan nazoratga olinib, mutasaddi mutaxassislar ishtirokida joyiga chiqib, holat o‘rganildi.

O‘rganishlar natijasida quyidagi amaliy ishlar amalga oshirildi:
-shifoxonaning tashqi fasadi va ichki qismi ta’mirlandi;
-ishlamay turgan maishiy texnika ta’mirlanib, bemorlar foydalanishiga topshirildi;
-ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash yo‘lga qo‘yildi;
-bemorlar ovqatlanishini yaxshilash maqsadida oshxona faoliyati yangicha tartibda tashkil etildi;
-kondisioner vositalari xaridi 2025 yilgi dasturga kiritilib, hozirda tender jarayonlari olib borilmoqda.

📎 Qashqadaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi fuqarolardan kelib tushgan har bir murojaatni diqqat bilan o‘rganadi. Asosli shikoyatlar tezkorlik bilan bartaraf etish choralari ko`riladi.
📢 Boshqarma o‘z faoliyatida bemorlar uchun munosib tibbiy va maishiy sharoit yaratishni ustuvor vazifa deb biladi.

Qashqadaryo viloyati sog`liqni
saqlash boshqarmasi matbuot xizmati