Yangiliklar

Prezidentimizning PQ-120-sonli qarori ijrosi hamda Mustaqilligimizning 35 yilligiga bag‘ishlab, Mirishkor tumanining olis hududi — Gulshanbog‘ qishlog‘ida keng ko‘lamli bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

Tadbirda viloyat va tuman tibbiyot muassasalarining malakali shifokorlari tomonidan aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, zarur tavsiyalar berildi hamda davolanishga muhtoj fuqarolar tegishli muassasalarga yo‘naltirildi.

Shuningdek, mas’ullar ishtirokida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, murojaat va takliflar tinglandi.