Mirishkor tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli Jeynov qishloq shifoxonasida faoliyat yuritib kelayotgan tajribali bolalar shifokori Amirova Maxarram Umirkulovna 8-mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan munosib e’tirof etildi.
Ko‘p yillardan buyon sog‘liqni saqlash tizimida sidqidildan xizmat qilib kelayotgan shifokor bolalar salomatligini mustahkamlash, yosh avlodni sog‘lom voyaga yetkazish yo‘lidagi samarali mehnati uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i bilan “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Uning tajribasi tufayli yuzlab bolalar salomatligi tiklanib, ota-onalar minnatdorchiligiga sazovor bo‘lib kelmoqda.
Mukofotni Mirishkor tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i v.v.b. N. Homidov topshirdi.
👏 Fidokor shifokorimizni ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy tabriklaymiz






