Yangiliklar

Mirishkor tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan “Sog‘liqni saqlash tizimi birlamchi bo‘g‘ini bo‘yicha yilning eng yaxshi IT-operator hamshirasi” ko‘rik-tanlovi yuqori saviyada tashkil etildi va o‘tkazildi.
Mazkur tanlovning asosiy maqsadi — tibbiyot muassasalarida axborot texnologiyalaridan samarali foydalanayotgan, o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashadigan hamshiralarni aniqlash, ularning kasbiy mahoratini oshirish hamda ilg‘or tajribalarni ommalashtirishdan iborat.
Tanlov tumanda faoliyat yuritayotgan birlamchi tibbiyot muassasalarining IT-operator hamshiralari ishtirok etdilar. Ishtirokchilar bir necha shartlar asosida baholandi. Jumladan, elektron tibbiyot tizimlari bilan ishlash ko‘nikmalari, ma’lumotlarni aniq va tezkor kiritish, axborot xavfsizligiga rioya qilish, shuningdek, amaliy topshiriqlarni bajarish mahorati sinovdan o‘tkazildi.
Tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi hamda ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.